
Riberi faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Kicker.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi xizmatiga "Al-Sadd" qiziqish bildirmoqda. Mashhur ispaniyalik Xavi to‘p suradigan jamoa mavsum yakuniga etganidan so‘ng Riberini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Aynan Xavi frantsiyalik 35 yoshli yarim himoyachini Qatarga taklif qilmoqda.
Ma’lumot uchun Riberi mavsum yakuniga etganidan so‘ng "Bavariya"ni tark etish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
Fikrlar