Riberi safdan chiqdi
“Bavariya” jamoasi yarim himoyachisi Frank Riberi “Frayburg” klubiga qarshi Germaniya chempionati 25-tur uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
34 yoshli futbolchi ichak infektsiyasiga chalinib qolgani tufayli bo‘lajak bellashuvda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi.
“U ertaga maydonga tushmaydi. Biroq 5 martdan boshlab yana mashg‘ulotlarga qaytishini kutyapmiz”, – dedi Yupp Xaynkes.
Bundan tashqari, myunxenliklarning yana bir vakili Kingsli Koman Frayburg safarini qo‘yib yuboradi. U “Gerta” bilan uchrashuvda jarohat olgandi.
Yo‘qotishlarga qaramay, klubda yaxshi xabarlar ham bor. Boldir mushaklarini shikastlab, bir necha o‘yinni o‘tkazib yuborgan Xames Rodriges safga qaytishga tayyor.



Fikrlar