Riberi Shomurodovning jamoasiga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun uzr so‘radi

  • 5 aprel, 2021, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fiorentina” klubi hujumkor yarim himoyachisi Frank Riberi A Seriyaning 29-turidan o‘rin olgan “Jenoa”ga (1:1) qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘lim boshida qizil kartochka olib, maydonni tark etgan edi. Frantsiyalik futbolchi ushbu holat uchun jamoadoshlaridan uzr so‘radi.

Tecno

“Yigitlar, sizlarni 10 kishi bo‘lib qoldirganim uchun kechirim so‘rayman. Sizlar final hushtagi chalingunicha kurashdingiz va ajoyib o‘yin namoyish qildingiz. Faqat olg‘a!”, - deb yozdi Riberi o‘zining instagramdagi sahifasida.

37 yoshli Riberi joriy mavsum A Seriyada hozircha 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va bu o‘yinlarda o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Shu kuni “Jenoa” – “Fiorentina” bahsida mezbonlar safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham to‘p surdi. O‘zbekistonlik futbolchi 83-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!