Riberiga APL klubidan taklif tushdi

  • 14 iyun, 2019, 08:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubining sobiq yarim himoyachisi Frank Riberi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Kicker nashrining yozishicha 36 yoshli frantsiyalik futbolchini APL debyutanti hisoblangan "Sheffild Yunayted" klubi o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Aytish kerakki, Riberi ayni damda erkin agent hisoblanadi, biroq uning ushbu taklifga qanday munosabat bildirgani ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Riberi 2007-2019 yillarda “Bavariya” sharafini himoya qildi. U o‘tgna davr mobaynida myunxenliklar safida 406ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 116ta gol hamda 129ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!