Riberining "Bavariya" safida urgan so‘nggi goli Bundesligada mavsumning eng chiroyli goli deb topildi

  • 22 iyun, 2019, 15:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Shartnomasi yakunlangach “Bavariya”dan ketgan frantsiyalik yarim himoyachi Frank Riberining goli Bundesligada mavsumning eng chiroyli goli deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eng chiroyli deya e’tirof etilgan golni 36 yoshli futbolchi “Ayntraxt”ga qarshi (5:1) bahsda kiritgan edi. E’tiborlisi, ushbu uchrashuv Riberi uchun myunxenliklar safidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Riberi “Bavariya” sharafini 2007 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan 12 yil davomiad nemis grandi bilan jami 22ta sovrin qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shavkat_boy
22/06/2019 15:47
Bu uyinchi zo'r