
Rim klubi Sarri bilan yangi shartnoma imzolaydi
"Latsio" bosh murabbiy Mauritsio Sarri bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "burgutlar" rahbariyati Mauritsioning ishidan mamnun va italiyalik mutaxassisga 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan.
Ayni damda Rim klubi A Seriyada 8-o‘rinni band etib turibdi. Shuningdek, Sarri boshqaruvidagi jamoa Evropa Ligasi pley-off yo‘llanmasini kafolatlagan.
Fikrlar