
Rimni portlatgan Shomurodovga qanday ball qo‘yildi?
“Roma” mag‘lubiyatsiz o‘yinlari seriyasini 12 ta uchrashuvga etkazib oldi. Bu gal “bo‘rilar” Evropa ligasining nimchorak final dastlabki o‘yinida kambekni amalga oshirdi.
Musobaqa qur’asi “Roma”ni kuchli raqib – Bilbaoning “Atletik” jamoasiga ro‘baro‘ qilgandi. “Olimpiko”dagi to‘qnashuvda hisobni ochish 50-daqiqada mehmonlar futbolchisi Inyaki Uilyamsga nasib qildi.
Oradan olti daqiqa o‘tib, Anxelino hisobni tenglashtirdi. Keyin sahnaga 71-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Eldor Shomurodov chiqdi. Dastlab, “Atletiko” futbolchisi legionerimizga ishlatgan qo‘polligi uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni tark etdi.
O‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan vaqtning 4-daqiqasida Eldor Shomurodov to‘rtta himoyachini dog‘da qoldirib, g‘alaba golini kiritdi. Shomurodov uchrashuv qahramoni va eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi.
“Roma” futbolchilarining g‘alabali uchrashuvdagi harakatlari nufuzli manba – laroma24.it portali ekspertlari tomonidan quyidagicha baholandi.
SVILAR 6,5:
Svilar o‘z darvozasini qo‘riqlash barobarida uchrashuvda himoyachi vazifasini bajarishiga ham to‘g‘ri keldi.
ChELIK 7,5:
“Atletik”ning eng zo‘r hujumchilariga umuman imkon bermadi. Golli pas uzatdi.
MANChINI 6,5:
Raqib futbolchilariga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Ularni aksariyat vaziyatlarda to‘xtata oldi.
NDIKA 5,5:
“Atletik”ning asosiy o‘yinchisi Inyaki Uilyamsga etarlicha qarshilik ko‘rsata olmadi. Oqibatda bilbaoliklar hisobni ochdi.
RENSh 7:
Himoyalanishda juda zo‘r o‘ynadi. Chelik oldinga o‘tgan vaziyatlarni uning o‘rnini to‘liq yopdi. Uilmyasni yaxshi qo‘riqladi.
SALEMAKERS 6,5:
60-daqiqada Renshni almashtirdi. Shomurodovning g‘alaba to‘piga assistlentlik qildi.
PIZILLI 6,5:
Yarim himoyani yaxshi ushladi. Hujumlar tashkil qilishga urindi.
KRISTANTE 6,5:
Bunaqa muhim uchrashuvlarda tajriba katta rol o‘ynaydi. Kristante tajribasiga tayanib yaxshi harakat qildi.
ANJELINO 7:
O‘z qanotida himoyani mustahkam ushladi, jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatladi. Hisobni tenglashtirdi.
DIBALA 6,5:
Maydonning har bir qismida paydo bo‘ldi. Biroq o‘zi uchun yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadi.
SULE 7:
71-daqiqada hamyurti Dibalaning o‘rniga maydonga tushib, hujumni kuchaytirdi.
BALЬDANTsI 6,5:
Gol urishiga bir bahya qoldi. Dibalani qulay vaziyatga chiqardi. Raqib himoyachilariga anchagina bosim o‘tkazib turdi.
DOVBIK 6:
Jamoaviy o‘yin ko‘rsatishga harakat qildi, raqibdan to‘plarni olib qo‘ydi, jamoadoshlariga paslar berdi. Lekin asosiy vazifasi – gol urolmadi. 71-daqiqada o‘rnini Shomurodovga bo‘shatib berdi.
ShOMURODOV 7,5:
Hamma Shomurodovdan hayratda. Maydonga tushishi bilan o‘yinga faol kirishib ketdi. Qachon qaerda paydo bo‘lishni biladigan o‘yinchi ekanini ko‘rsatdi. Salesakers to‘p uzatgan vaziyatda mahoratini namoyish qilib, murakkab golni urdi. Eldor 60 ming muxlis yig‘ilgan “Olimpiko”ni portlatdi. Bu Eldorning “Roma” libosida shu paytgacha o‘tkazgan eng muhim o‘yini bo‘ldi.
RANЬERI 7,5:
Kutilmagan tarkibni tanladi. O‘yinchi almashtirishda yana mahorat ko‘rsatdi. Masalan, Dibalani zaxiraga olib, kutilmagan yurish qildi. Taktikani o‘zgartirishi kutilgan samarani berdi. Uning qo‘l ostida “Roma” engilmas jamoaga aylanib bormoqda.
Afsonaviy hujumchi o‘zining rekordini yo‘qqa chiqargan Shomurodovga baho berdi
O‘zbek legioneri Premer-liga qahramoni! “Chelsi” futbolchisi qani?
Shomurodov gol ursa bo‘ldi!
Fikrlar