
Ringga qaytmoqchi bo‘layotgan Taysonga 20 mln dollarlik bitim taklif qilindi
Bare Knuckle FC promousheni Mayk Taysonga 20 mln dollarlik shartnoma taklif qildi. Bu borada, promoutr prezidenti Devid Feldman ma’lum qildi.
"Taysonga 20 mln dollarlik kafolatli bitim taklif qilganimizga qaramay, turli xildagi kelishuvlarga ham tayyormiz.
Uning mashg‘ulotlar o‘tayotgan videosini ko‘rib, ajoyib sport formasida ekanligiga guvoh bo‘ldik va bu shartnoma taklif qilishimizga sabab bo‘ldi," - dedi Feldman.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Mayk Tayson bir nechta ko‘rgazmali janglar o‘tkazilishini e’lon qilgan edi.
Fikrlar