Rinkon "Yuventus" tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tdi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq "Jenoa" klubi yarim himoyachisi Tomas Rinkonning tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turinga kelgani haqida xabar bergan edik. "Yuventus" klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Tarqatilgan xabarlarga ko‘ra "Yuventus" Rinkonni 2 million evro evaziga keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olgan. Uning to‘liq transferi esa "Yuventus"ga  tahminan 7-8 million evroga tushadi.
Ma’lumot uchun, Rinkon ushbu mavsum Italiya A Seriyasida 16ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta golga assisentlik qilishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!