Rio Olimpiadasi ishtirokchisi profi ringda navbatdagi g‘alabasiga erishdi

  • 14.10.2019 15:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

12 oktyabr kuni Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida o‘tkazilgan jang oqshomida yurtdoshimiz Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Hurshid Tojiboev navbatdagi reyting jangida ishtirok etdi.
U filippinlik Ivor Lastrilyaga qarshi ringga ko‘tarildi. Sakkiz raunddan iborat bo‘lgan mazkur jangning to‘rtinchisi yakunlanganidan so‘ng, raqibi jangni davom ettira olmasligini bildirgan.
Shunday qilib, Xurshid professional boksdagi uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!