Rivaldo: Men ham Angliyada o‘ynaganimda Firminoning natijasini qayd etgan bo‘lardim
Braziliyalik mashhur futbol yulduzi Rivaldo APLda 50ta gol urgan ilk braziliyalik futbolchiga aylangan "Liverpul"dagi hamyurti Roberto Firminoni ushbu yutuq bilan tabrikladi.
“Firminoni ushbu natija bilan tabriklamoqchiman. U qachon gol urishni his qiladi va raqib darvozasi oldida oqilona harakat qiladi.
Balkim men ham “Manchester Yunayted” safida o‘ynaganimda xuddi shunday natijaga erishgan bo‘lardim.
5ta mavsumda “Barselona”da 130ta gol urdim. Shunday ekan nega Angliyada 50ta gol ura olmas edim?”, - deydi Rivaldo.
Ma’lumot uchun, Firmino “Liverpul” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 198ta o‘yinda maydonga tushdi va 68ta gol urishga erishdi.



Fikrlar