Rivaldo Yamalga jiddiy murojaat qilib, maslahat berdi

  • 29 iyul, 00:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning afsonaviy sobiq futbolchisi Rivaldo yosh hujumchi Lamin Yamalga muhim maslahat berdi. Braziliyalik yulduz Yamalni turli mojaroli vaziyatlardan yiroq bo‘lishga chaqirdi.

Tecno

Ma’lumki, Yamal yaqindagi tug‘ilgan kun tantanasi ortidan tanqidlarga uchradi – tadbirda chaqirilgan artistlardan ba’zilarining tashqi ko‘rinishi ayrim muxlislarda norozilik uyg‘otdi.

"Lamin – aqlli va vaziyatni yaxshi tushunadigan yigit. U bu zamon qanday ekanini anglaydi. Yosh va mashhur bo‘lgan paytingda bunday holatlar bo‘lishi mumkin. OAV doimo uni kuzatib turibdi. Umid qilamanki, u shunday voqealardan saqlanish kerakligini tushunib etadi.

Biz Yamal haqida faqat maydondagi o‘yini bilan bog‘liq gaplarni eshitmoqchimiz. U faqat to‘p bilan qilgan ijobiy harakatlari bilan tilga olinishi kerak. Bunaqa mojarolar kerak emas – bu qayg‘uli holat" – dedi Rivaldo "Betfair" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal yaqinda "Barselona" bilan shartnomasini 2031 yilning o‘rtasigacha uzaytirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!