Rizvan Magomedov Volkanovski 1-jangda Maxachevni mag‘lub etganini aytayotganlarga javob berdi

  • 14 oktabr, 2023, 13:50
  • 0
  • MMA

Maxachevning menejeri Volkanovski birinchi jangda g‘alaba qozonganiga ishonganlarga javob berdi. Engil vaznda UFC chempioni Islom Maxachevning(24-1) menejeri Rizvan Magomedovning aytishicha, rossiyalik jangchining avstraliyalik Aleksandr Volkanovski (26-2) bilan birinchi jangidagi g‘alabasini hamma ham munosib deb hisoblamaydi.

Odamlar Xabib yoki Maxachevning janglarini tomosha qilganda, ulardan to‘liq ustunlikni ya’ni uch karra ustunlik bilan g‘alabani kutishadi. Biroz yaqin, raqobatbardosh kurashni ko‘rganlarida esa, darhol Islom bu kurashda mag‘lub bo‘lganini ayta boshlaydilar. Ammo bu qanaqasi? Volkanovski bilan 25 daqiqa davom etgan jangda Maxachev 24 daqiqa-yu 20 soniya davomida raqibiga g‘alaba uchun hech qanday imkon bermadi, Volkanovski esa jang tugashiga atigi 40 soniya qolganida g‘alabaga haqli harakat qildi xolos.Ammo odamlar esa o‘sha jangda Volk g‘alaba qozonganini aytishadi”, — dedi Magomedov YOU TUBE dagi “Anatomy of a Fighter ” kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Volkanovski o‘rtasidagi ikkinchi jang 21 oktyabr kuni Abu-Dabida "UFC 294" doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!