Robben yana bir yil “Bavariya”da qoladi
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Aren Robben bugun myunxenliklar bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi.
Klub rasmiy tvitterining ma’lum qilishicha, 32 yoshli gollandiyalik futbolchining amaldagi kelishuvi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan edi.
– Men "Bavariya" bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirganimdan xursandman. "Bavariya" jahonning eng kuchli jamoalaridan biri. Oilam va men uchun Myunxen ikkinchi vatan hisoblanadi. Men yana yuqori darajada o‘ynashni va ko‘plab sovrinlar yutishni istayman, – deydi Robben.
Robben bu mavsum 14 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol va 6 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Gute Nachrichten: @ArjenRobben verlängert seinen Vertrag beim #FCBayern bis 2018! https://t.co/4KXqI8Kt2s #MiaSanMia pic.twitter.com/yyXWnweBqP
— FC Bayern München (@FCBayern) 16 yanvarya 2017 g.

Fikrlar