Roberto Martines yana APLga qaytishi mumkin

  • 4 iyul, 2019, 08:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines mojet yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 45 yoshli ispaniyalik mutaxassisga “Nyukasl” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ayni damda “qarg‘alar” Martines bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazish uchun Belgiya futbol federatsiyasidan ruhsat berilishini kutishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Nyukasl”ning avvalgi bosh murabbiyi Rafael Benites shartnomani uzaytirishni xohlamadi va bundan bir necha kun oldin Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi.

Ma’lumot uchun, Martines faoliyati davomida "Suonsi", "Uigan" va "Everton" kabi APL klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!