Robin Mitchel MOQA prezidenti lavozimiga qayta saylandi

  • 20 oktabr, 2022, 21:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tayotgan Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasining (MOQA) XXVI Bosh Assambleyasida tashkilotning oldindagi 4 yillik faoliyati uchun prezident va birinchi vitse-prezident saylash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda MOQAning amaldagi prezidenti Robin Mitchel 2022-2026 yillar uchun ham tashkilot rahbari etib saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Shayx Joan bin Hamad bin Halifa Al Tani esa birinchi vitse-prezident lavozimini egalladi. Boshqa lavozimlarga nomzodlar tashkilot rahbariyati tomonidan ilgari suriladi. Har bir mintaqadan tayinlanadigan vitse-prezidentlar esa o‘z qit’alariga rahbarlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Robin Mitchel 2018 yildan beri MOQA prezidenti vazifasini bajarib kelayotgan edi. Bugungi saylovda 97,25 % ovoz to‘plagan R.Mitchel yana 4 yil muddatga tashkilot rahbari etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, MOQAning Bosh Assambleyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo‘mita xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashevlar ham ishtirok etishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!