Rodri Rafinya o‘rniga «Barselona»da boshqa futbolchi o‘ynashini istamoqda

  • 26.09.2026 22:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yarim himoyachisi Rodri jamoani qanday kuchaytirish mumkinligini yaxshi tasavvur qiladi. Uning fikricha, kataloniyaliklar tarkibida «Oltin toʻp» sohibi koʻrishni istaydigan asosiy nomzod – hujumchi Erling Holand.

El Nacional nashri yozishicha, Rodri Holand bilan «Manchester Siti»da birga oʻynagani uchun uning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi va norvegiyalik forvard uslubi Hansi Flik jamoasiga mutlaqo mos keladi, deb hisoblaydi. Shu bois u klub rahbariyatidan, agar Holandi qoʻlga kiritish uchun haqiqiy imkoniyat paydo boʻlsa, kamida vaziyatni chuqur oʻrganish va futbolchi atrofidagi odamlar bilan uchrashuv oʻtkazishni istamoqda.

Manbaga koʻra, forvardning ehtimoliy transferiga «Manchester Siti» atrofidagi muammolar turtki boʻlishi mumkin. Angliya klubi moliyaviy qoidalarni koʻp bor buzgani uchun aybdor deb topilgan. Shu bilan birga, jarayon hali yakuniga yetgani yoʻq – «shaharliklar» qaror ustidan shikoyat berish niyatida.

«Rodrining fikricha, markaziy himoyachilarni doimiy ravishda band qilib turadigan toʻlaqonli hujumchining mavjudligi Pedri va Lamin Yamal uchun ham katta foyda keltiradi», – deya taʼkidlaydi nashr mualliflari.

Shuningdek, agar Holanl bilan shartnoma imzolansa, Rafinya oʻzining tabiiy pozitsiyasi – qanotdagi hujumchi sifatida oʻynashga qaytishi mumkinligi qayd etilgan. Maʼlumki, Flik 2026/2027 yildgi mavsum boshida Rafinyani markaziy hujumchi sifatida sinab koʻra boshlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!