Rodrigo: "Hech kim "Siti" bilan o‘ynashni yoqtirmaydi"

  • 11 fevral, 14:47
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi hisoblangan Rodrigo "Manchester Siti"ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. 24 yoshli hujumchi safarda bo‘ladigan bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 
 
"Biz bilamiz, "Etihad"da ularga qarshi o‘ynash har doim qiyin bo‘ladi. Biroq, bizdan o‘tgan mavsumdagidek munosabatda bo‘lishimiz talab qilinadi. 
  
Biz bir necha kun oldin 2022 yildagi "Siti"ga qarshi o‘yinni tomosha qildik va men Valverdega bu faoliyatimdagi eng yaxshi to‘qnashuv ekanligini aytdim. 
  
"Atletiko Madrid"ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limi haqida nimalar deysiz? Anchelotti tanaffusda biz bilan gaplashib, ko‘proq shiddat va fidoyilikni talab qildi. Biz esa buni tushundik va ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘zgartirdik. 
  
"Manchester Siti" yozda sizga juda katta qiziqish bildirganmi? Mening bu haqida ma’lumotim etarlicha emas. Bu otamning va agentimning vazifasi hisoblanadi. Hattoki, klubga takliflar bo‘lganmi yoki yo‘qmi, buni ham bilmayman. 
  
Agar Gvardiola haqida gapiradigan bo‘lsam, u ajoyib murabbiy. Uning jamoalariga qarshi o‘ynash har doim qiyin. 
  
Hech kim "Siti"ga qarshi o‘ynashni yoqtirmaydi. Bundan tashqari, ko‘plab jamoalar bizga qarshi harakat qilishni ham hush ko‘rishmaydi. 
  
Shuni ta’kidlashim joiz, Anchelotti bilan ishlash juda yoqimli, chunki u doim menga va jamoamni yaxshilashga yordam beradi. 
  
Agar himoyachilar oldingi chiziqdagi futbolchilar yugurib, himoyaga yordam berib, astoydil mehnat qilayotganini ko‘rsa, ular ruhlanadi va bu bizni yanada kuchliroq qiladi. Bu yondashuv mavsumning qolgan qismi uchun asosiy jihatdir. Biz har doim bir jamoa bo‘lishimiz kerak" - dedi braziliyalik yulduz.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Komil Xorazmiy
11/02/2025 15:35
родриго Хусанов дай темир гумбаз борлигини сен билмайсандаа ех