Roke Ispaniyaning boshqa bir klubiga o‘tishga yaqin

  • 22 avgust, 2024, 05:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning yosh iqtidorli hujumchisi Vitor Roke "Real Betis"ga o‘tishga yaqin turibdi. Klublar kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi ikki yillik ijara asosida "Betis"ga ko‘chib o‘tmoqda. Vitorning o‘zi ham ushbu transferga rozilik bergan. 

Vitor Roque - profil igroka 24/25 | Transfermarkt

Ayni paytda "Betis" rahbariyati "Barsa" bilan muzokaralarning yakuniy bosqichida. Yaqin bir kun ichida hujumchi Kataloniyani tark etishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Rokeni "ko‘k-anorranglilar" 40 million evro evaziga sotib olgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!