
Rokening agenti: "Vitor uchun hozir ham 50 million evro to‘lashga tayyor turgan klublar bor"
Qishki transferlar oynasida "Barselona" tarkibiga kelib qo‘shilgan Vitor Rokega kam o‘yin amaliyoti berilmoqda. U jamoa safida 239 daqiqa harakatlandi. Futbolchining agenti braziliyalik yosh iste’dod borasidagi ayrim savollarga javob berdi.
"Ayni paytda Vitorga 50 million evro to‘lashga tayyor turgan klublar bor, lekin Roke hech qaerga ketmaydi. U "Barselona"da muvaffaqiyatga erishishni istamoqda", deydi Kyuri.
Rokening transferi "Barsa" uchun bonuslarsiz 40 million evroga tushgan. 19 yoshli hujumchi kam o‘ynayotgan bo‘lsa ham, allaqachon 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar