
"Roland Garros". Nadalga final uchrashuvida kim raqiblik qilishi ma’lum bo‘ldi
Frantsiya ochiq chempionatining erkaklar bahslarida ikkinchi finalchi nomi ma’lum bo‘ldi.
Norvegiyalik Kasper Ruud xorvatiyalik raqibi Marin Chilichni 4 setda mag‘lubiyatga uchratib, hal qiluvchi bellashuvda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, Chilich ilk setni o‘z foydasiga yozdirib qo‘ygandi. Yakuniy hisob - 3:6, 6:4, 6:2, 6:2.
Ma’lumot uchun, Nadal - Chilich bahsi 5 iyun kuni 18:00 da start oladi.
Fikrlar