"Roma" 22 yoshli turkiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi
Turkiyaning "Genchlerbirligi" klubi himoyachisi Mert Chetin faoliyatini "Roma"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra rimliklar 22 yoshli futbolchi uchun turk klubiga 3 mln evro to‘lashadi. Chetin bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Chetin “Genchlerbirligi” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.

Fikrlar