"Roma" 3 futbolchidan voz kechdi. Ular orasida Shomurodov bormi?
Legionerimiz Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.
Italiya nashrlari bergan xabarga ko‘ra, "bo‘rilar" 3 futbolchisini transferga qo‘yishi kutilmoqda. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov, Matias Vinya hamda Rik Karsdorp shular jumlasidandir.
Qayd etish lozim, 27 yoshli forvardimizga A Seriyaning "Torino" hamda "Kremoneze" kabi klublari qiziqish bildirmoqda. Mazkur jamoalar uni ijaraga olish niyatida, ammo Rim klubi Eldorni sotish haqida o‘ylamoqda. Shu tufayli uning transferi chigal holatda.
Hammasi klub sport direktori Tyago Pintoning qaroriga bog‘liq. Ayni vaqtda u A Seriya klublari bilan Shomurodov borasida muzokaralar olib bormoqda.
Fikrlar