"Roma" 35 yoshli futbolchining o‘rnini 34 yoshli futbolchi bilan to‘ldirmoqchi. Yoxud Jeko o‘rniga kimlar kelishi mumkin?

  • 3 aprel, 2021, 09:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Roma" rahbariyati joriy mavsum yakunida shartnomasi yakunlanadigan va jamoani tark etadigan hujumchi Edin Jeko o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, bu borada asosiy nomzod Olive Jiru hisoblanadi. 34 yoshli frantsiyalik futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli, u Rim klubi safiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "Roma" xo‘jayini Tyago Pintu yaqinda Jiruning vakillari bilan aloqaga chiqqan va ushbu transfer masalasini muhokama qilgan.

Bundan tashqari, Italiya nashrlari “Roma” Jeko o‘rniga “Real” hujumchisi Luka Yovichni ham ko‘z ostiga olib qo‘ygani haqida yozmoqda. Agar jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Paulu Fonseka iste’foga chiqarilib, o‘rniga Mauritsio Sarri kelsa, aynan serbiyalik futbolchi “Roma”ga kelish uchun asosiy da’vogarga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!