"Roma" bosh murabbiyi ikkinchi marta "qovun tushirdi"
Italiya Kubogi 1/8 finalida "Roma" "Spetsiya" (2:4) bilan bahsda mag‘lubiyatga uchradi.
Football Italia nashri ma’lumotiga ko‘ra, rimliklar ushbu o‘yinda g‘alaba qozongan taqdirda ham keyingi bosqich yo‘llanmasidan qo‘lga kirita olmasligi mumkin edi.
Gap shundaki, "bo‘rilar" murabbiylar shtabi o‘yin davomida oltita o‘zgarishni amalga oshirgan. Turnir reglamentiga ko‘ra, Italiya Kubogi bahslarida beshta o‘zgarishga ruxsat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, A Seriya 1-turida "Verona"ga qarshi bahsda "Roma" bosh murabbiyi qaydnomaga kiritilmagan futbolchini maydonga tushirgan edi. Yakunda esa klubga texnik mag‘lubiyat yozilgan.
Fikrlar