"Roma" bosh murabbiyligi uchun 2 ta nomzod bor

  • 11 dekabr, 2018, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Roma" klubi bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko tez orada o‘z lavozimidan ozod etiladi.

Aniqrog‘i, agar “bo‘rilar” A Seriyaning navbatdagi turida “Jenoa”ni enga olishmasa, rahbariyat Di Francheskoni iste’foga chiqaradi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda rimliklar sport direktori Ramon Monchi allaqachon rahbariyatdan bosh murabbiyni o‘zgartirish bo‘yicha topshiriq olgan. Unga ko‘ra Di Francheskoning o‘rnini "Fiorentina"ning sobiq ustozi Paulu Souza yoki PSJning sobiq bosh murabbiyi Loran Blan egallashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Di Francheskoning taqdirini hal qiladigan "Roma" - "Jenoa" bahsi 16 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!