
"Roma" butun mavsum davomida 1 ta o‘yinda o‘ynagan "Chelsi" futbolchisini Rimda olib qolmoqchi
"Roma" klubi "Chelsi"dan ijaraga olingan himoyachi Davide Dzappakosta bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tomonlar bu borada deyarli kelishuvga erishishgan.
Aytish lozimki, “Roma” Dzappakostani o‘tgan yilning yozida ijaraga olgan edi. Ammo, u o‘tgan davr mobaynida bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Boisi, Davide oktyabrda tizzasidan jiddiy jarohat olib, asosiy vaqtni davolanishga sarfladi.
“Roma” 26 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Rimliklarni EChL yo‘llanmasidan bor yo‘g‘i 3 ochko ajratib turibdi.
Fikrlar