“Roma” darvozabonlarning zo‘rini chaqiryapti

  • 30 yanvar, 2022, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Joze Mourino o‘tgan yili yozda “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin birinchi raqam egasi sifatida o‘z hamyurti Ruy Patrisiuni transfer qilgandi. Ayni paytda portugaliyalik posbonga hech qanday e’tiroz yo‘q.

Biroq, o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan klubga bitta mahoratli posbon kamlik qiladi. Shu bois, rimliklar PSJ darvozasini qo‘riqlayotgan Keylor Navasni ham Italiya poytaxtiga chaqirmoqda.

Kosta-rikalik darvozabonga rimliklardan tashqari, “Inter” va “Yuventus” ham ish taklif qilyapti. Avvalroq,  “Nyukasl” o‘z darvozasini tajribali posbonga topshirishni rejalashtirayotgani aytilgandi.

Keylor Navas joriy mavsumda PSJ darvozasini amaldagi Evropa chempioni Janluiji Donnarumma bilan galma-gal qo‘riylayapti. U frantsiya chempionatida 13 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol o‘tkazgan va beshta bellashuvda  darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Navasning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!