"Roma" Dzanolo o‘rniga nomzod topib qo‘ydi

  • 21 yanvar, 2023, 18:18
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Roma" klubi futbolchi Nikolo Dzanolo o‘rniga nomzod topib qo‘ydi. Bu haqda "La Repubblica" nashri xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Nikolo rimliklar safini tark etishga qaror qilgan. Uning o‘rniga "Udineze" hujumchisi Jerar Deulofeu asosiy o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. 

Udineliklar futbolchisi uchun 10 million evro so‘rayapti. Agar Dzanolo sotilsa, "Roma" bu summani to‘lashga tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, Jerar joriy mavsum 15 o‘yinda 2 gol va 6 assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!