"Roma" etakchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 2 oktabr, 2021, 20:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” yarim himoyachi Lorentso Pellegrini bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.

Klub rasmiy tvitterining ma’lum qilishicha, “bo‘rilar”  25 yoshli italiyalik futbolchi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolashgan. Aytish lozimki, tomonlar o‘rtasidagi avvalgi kelishuv 2022 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan edi.

“Roma” Pellegrinini 2017 yilda “Sassuolo”dan 10 mln evroga sotib olgan. U o‘tgan davr mobaynida Rim klubi safida 118 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol urishga erishi.

Lorentso Pellegrini 2017 yildan buyon Italiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
02/10/2021 21:37
Жуда зўр футболчи. Элдорга ажойиб паслар бериб туради. Омад.