“Roma” futbolchisiga eng boy klub xaridor

  • 13 iyun, 2022, 11:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin dunyoning eng badavlat klublari qatoriga qo‘shilgan “Nyukasl” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish uchun “Roma” himoyachisi Rojer Ibanesni transfer qilmoqchi.

Tecno

Kelishib chiqishi braziliyalik bo‘lgan futbolchi Rim klubida Joze Mourino qo‘l ostida jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi.

23 yoshli himoyachi tezkor, jismonan baquvvat, yaxshi texnikaga egaligi bilan mutaxassislar e’tiborini qozongan. Ibanesning kamchiligi sifatida o‘z jarima maydonchasi ichida o‘ziga ortiqcha ishonib yuborishini ta’kidlashadi.

Ibanesga yaqinda “Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte ham og‘iz soldi.

Rim klubi sport direktori Tyagu Pinto har ikki klubga ham futbolchi uchun 30 million evro to‘lash kerakligini aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!