“Roma” futbolchisiga katta klub xaridor

  • 27 iyun, 2022, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” va “Milan” sport direktorlari Tyagu Pinto va Frederik Massara o‘zaro uchrashib, rimliklarning 29 yoshli yarim himoyachisi Jordan Veretu transferini muhokama qildi, deb xabar bermoqda Calciomercato.com sayti.

Tecno

Frantsiyalik legioner jamoa bosh murabbiy Joze Mourinoning kelasi mavsum rejalariga kiritilmagan. Shu bois poytaxtliklar bu futbolchini to‘liq sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli Veretuning imkoniyatlaridan juda yaxshi xabardor. Chunki Jordan “Fiorentina”da Pioli qo‘l ostida to‘p tepgan.

Veretu o‘tgan mavsumda 49 ta o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol va 10 ta assist muallifi bo‘ldi. Uning transferi 15 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!