
"Roma" futbolchisiga "Real" va PSJ ko‘z tikkan
"Roma" himoyachisi Leonardo Spinatsola jarohatidan to‘liq tuzalgach, unga Evropaning bir qator top-klublari qiziqish bildira boshlagan.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli italiyalik futbolchining maydonga qaytishi uni yana PSJ va "Real"ning transfer nishoniga aylantirgan. Ikkala jamoa ham futbolchiga Evro-2020 va jarohati oldidan jiddiy qiziqish bildirgan edi.
Biroq, Joze Mourino allaqachon klub rahbariyatiga Spinatsola daxlsiz ekani va jamoaning uzoq muddatli rejalariga kirishini aytgan. Portugaliyalik mutaxassis maydonga tushishni qariyb bir yil kutgan futbolchini qo‘yib yuborish niyatida emas.
Ma’lumot uchun, Leonardo Spinatsola o‘tgan mavsum “Roma” safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos.
Fikrlar