“Roma” futbolchisiga xushxabar
“Roma”ning 20 yashar futbolchisi Nikola Zalevski bu mavsum Joze Mourino qo‘l ostida asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi.
Iste’dodli futbolchi mavsum davomida o‘zini jamoaga kerakli ekanini ko‘rsata oldi. Polshalik yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Unga ko‘ra, klub mutasaddilar bu o‘yinchiga yiliga 500 ming evro maosh to‘layapti.
Endi rahbariyat uning jamoaga qo‘shgan hissasini inobatga olib, yangi shartnom va oshirilgan maosh bilan taqdirlamoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, klub mutasaddilari tez orada Zalevskining agentlari bilan uchrashib, yangi kelishuv bo‘yicha muzokara boshlaydi.
20 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bir juft golli pas yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar