
"Roma" futbolchisini Turkiyaga chorlashmoqda
“Roma” yarim himoyachisi Diego Perotti faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
Corriere della Sera nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchiga “Fenerbaxche” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Bo‘rilar” ham moliyaviy inqiroz paytida maoshlarni kamaytirish uchun Perottini sotib yuborishga tayyor. Aytish kerakki, uning Rimdagi yillik maoshi 3 million evroni tashkil etadi.
Perotti o‘tgan mavsum “Roma” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 6,5 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar