"Roma" g‘aaba qozongan o‘yinda Shomurodovning harakatlari yaxshi baholandi (Foto)

  • 17 yanvar, 2022, 17:21
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 22-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Kalyari" uchrashuvida mezbonlar minimal hisobda g‘alaba qozondi.

33-daqiqada Migel Oliveyra tomonidan urilgan gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 76-daqiqada Feliks Afena-Gyanning o‘rniga maydonga tushdi.

Tecno

E’tiborga molik tomoni statistika bilan shug‘ullanuvchi whoscored.com nashri Shomurodovning harakatlarini Gyandan yaxshiroq baholadi. Gyan 6.3 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Eldorga 14 daqiqa o‘ynab 6.4 ball qo‘yildi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Nikolo Dzanolo bilan bir xil ballga loyiq ko‘rildi.

Quyida whoscored.com nashri tomonidan qo‘yilgan ballar bilan tanishing:

photo_2022-01-17_17-14-47

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!