
"Roma" ishtirokidagi o‘yin qaysi telekanalda namoyish etiladi?
Bugun Italiya chempionati 3-turidan o‘rin olgan 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Ular orasida biz uchun ahamiyatlisi "Roma" ishtirokidagi bahs ham bor.
Rimliklar bu gal o‘z uylarida "Sassuolo"ni qabul qilishadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da start oladi. O‘yin "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" A Seriyada 6 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. "Sassuola" esa 4 ochko jamg‘argan holda 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar