"Roma" Italiya terma jamoasi futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 6 avgust, 2024, 15:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Roma" yozda "Yuventus"ga kerak bo‘lmay qolgan Federiko Keza bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda. 

Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, rimliklar Italiya terma jamoasi a’zosiga jiddiy qiziqish bildiryapti. Taklif 15-18 million evro atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Vingerning o‘zi esa Rim klubiga o‘tishga tayyor, deya ma’lum qildi Di Martsio. 

Avvalroq, Keza "Yuventus"ning yangi bosh murabbiyi Tiago Mottaning rejalariga kirmasligi borasida xabarlar tarqalgandi. U xatto o‘rtoqlik o‘yinlari uchun ham qaydnomadan joy olmayapti. 

D-Day in Turin - Chiesa and Motta face-to-face; English sides wait in line

Federiko 2022 yili "Fiorentina"dan 44 million evroga sotib olingan. U yakuniga etgan mavsum jamoasi tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!