“Roma” katta transferga qo‘l urmoqda

  • 28 iyun, 2022, 20:33
  • 0
  • Futbol

“Roma” rahbariyati Nikolo Dzanolo o‘rniga boshqa hujumkor futbolchi qidirayotgan edi. Joze Mourino o‘z jamoasida “Sassuolo” sardori Domeniko Berrardini ko‘rmoqchi.

Bu o‘yinchi xuddi Nikolo singari o‘ng qanot va hujum markazida samarali o‘ynay oladi.

Berardi “Sassuolo” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va ushbu klubda 2013 yildan beri asosiy tarkibda to‘p tepib kelmoqda. O‘tgan mavsumda 34 marotaba maydonga tushib, 15 ta gol va 17 ta assist muallifi bo‘ldi.

27 yoshli o‘yinchining amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi va Berardining transferi uchun 35 million evro to‘lash kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!