“Roma” katta transferni tezlashtirdi

  • 15 iyul, 2022, 17:02
  • 1
  • Futbol

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto “Sassuolo”dagi hamkasbi Jovanni Karnevale bilan 22 yoshli yarim himoyachi Davide Frattezi transferini tezlashtirish maqsadida muzokara o‘tkazdi.

Frattezi aslida Rim klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning o‘zi ham poytaxtga qaytishga shoshilmoqda.

Tyagu Pinto o‘yinchining agenti Juzeppe Riso bilan futbolchiga taklif qilinadigan shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan.

Frattezi o‘tgan mavsumda 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlarining to‘rtta goliga hammualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ibrohim7477
15/07/2022 23:33
Sal etiborle bulela admenla roma db umuman aloqasi bumagan sherefni quyepsila undan oldingi postda hujumchi romani tanladi db tennischi qizni rasmini quygansila