"Roma" "Liverpul" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 10 avgust, 2019, 10:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi "Liverpul" himoyachisi Deyan Lovrenga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra xorvatiyalik futbolchining agenti allaqachon rimliklar rahbariyati bilan bu borada muzokaralar o‘tkazgan. “Bo‘rilar” Lovrenni keyinchalik 16 mln evroga sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijaraga olishni taklif qilishgan. “Liverpul” esa uni 20 millionga baholamoqda. Shu bois klublar katta ehtimol bilan kelishuvga erishishlari kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Lovren “Liverpul” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida mersisaydliklar tarkibida jami 170ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!