“Roma” Mourino o‘rniga undan zo‘r murabbiyni olib keladi

  • 12.03.2023 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” rahbariyati yozda Joze Mourino masalasini ko‘rib chiqadi. Portugaliyalik mutaxassis Angliya Premer-ligasiga qaytishi kutilmoqda.

Buni inobatga olgan rimliklar yangi bosh murabbiy qidiryapti. “Roma” rahbariyati e’tiborini hozirda ishsiz yurgan Tomas Tuxel tortdi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.

Ko‘pchilik Joze Mourino qo‘llayotgan futbol taktikalari eskirganini tanqid qilmoqda. Germaniyalik mutaxassis esa, jamoaga yangi g‘oyalarni singdirishi mumkin.

Tomas Tuxelning o‘zi ispan tilini o‘rganmoqda. Bu mutaxassis “Real”dan taklif olishni umid qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!