
“Roma” Mourino o‘rnini kim egallashini hal qildi
“Roma” jamoani uch yil boshqargan Joze Mourinoga javob beradi. Portugaliyalik mutaxassis mavsum yakunlanganidan keyin bosh murabbiylikni topshiradi.
Mourino Braziliya terma jamoasi, “Real” yoki Saudiya Arabistoni klublaridan birini boshqarishi mumkinligi aytilmoqda.
Calciomercato jurnalistlarining ta’kidlashicha, Rim klubi xo‘jayinlari Mourino o‘rniga “Montsa”da muvaffaqiyatli ishlayotgan Raffaele Palladinoni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Aksariyat mutaxassislar “Roma” darajasidagi superklub jamoani Evropa futbolida nom taratgan mashhur murabbiylarga topshirish kerak ekanini ta’kidlamoqda.
Fikrlar