"Roma" muhim futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas

  • 29 may, 18:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Roma" klubi markaziy himoyachisi Evan N'Dika katta ehtimol bilan Angliyaning "Arsenal" klubiga o‘tmaydi. Bu haqda "Metro" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli ivuarlik futbolchi bu mavsumda Rim klubi uchun juda muhim figuraga aylandi.

- O‘zimni mish-mishlardan bexabar qilib ko‘rsata olmayman, biroq men "Roma"ni hurmat qilaman, "Roma"da esa meni hurmat qilishadi. Shartnomam tugashiga 3 yil qoldi. Ko‘ramiz, keyin nima bo‘larkan, - dedi futbolchi.

Klub rahbariyati "Arsenal," "Nyukasl," PSJ va boshqa bir qator jamoalardan katta qiziqish bo‘layotganiga qaramay, futbolchini sotish istagida emas. Transfermarkt portali futbolchini 25 million evroga baholamoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!