
"Roma" og‘zidagi oshni oldirib qo‘ydi!
PSV yulduzi Mario Gyottse katta ehtimol bilan faoliyatini boshqa klub tarkibida davom ettiradi.
Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, germaniyalik futbolchi "Benfika"ga o‘tadi. Tomonlar kelishuvga erishgan va bu haqda yaqin fursatlarda e’lon qilinadi. "Burgutlar" Mario uchun 4 million evrodan voz kechdi.
Avvalroq, unga "Roma"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo endi rimliklar boshqa futbolchi izlashiga to‘g‘ri keladi.
30 yoshli pleymeyker faoliyati davomida "Borussiya" Dortmund, "Bavariya" kabi grandlar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar