
"Roma" o‘rtamiyona klubga mag‘lub bo‘ldi. Shomurodov 52-daqiqada maydonga tushdi
A Seriya 15-turidan o‘rin olgan "Bolonya" - "Roma" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
35-daqiqada mezbonlar futbolchisi Svanberg urgan gol amalda bahs taqdirini hal qildi.
Ushbu natijadan so‘ng rimliklar hisobidagi 25 ochko o‘zgarmay qoldi. Shunday bo‘lsa-da, "bo‘rilar" 5-o‘rinda qoldi. 24 ochkoga ega "Bolonya" esa 8-o‘rinni band etgan.
Fikrlar