"Roma" o‘tgan mavsum sotib olgan futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

  • 30 iyul, 17:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Roma" klubi ushbu transfer oynasida ukrainalik hujumchi Artyom Dovbikni sotib yuborishi mumkin, forvard xizmatiga Angliya Premer-ligasi klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, rimliklar ukrainalik hujumchi uchun 40 mln evrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Qayd etilishicha, Angliya Premer-ligasining nomi oshkor etilmagan klublari hujumchining imkoniyatlari haqida ma’lumot so‘ragan.

Yakunlangan mavsumda Dovbik italyan klubi safida 45 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urgan va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan. Eslatib o‘tamiz, Dovbik o‘tgan yozda 2023 yildan buyon to‘p surib kelayotgan "Jirona"dan "Roma"ga o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!