"Roma" o‘z maydonida "Verona" ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (video)

  • 01.02.2021 07:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 20-turida “Roma” o‘z maydonida “Verona”ni qabul qildi.

Rimda kechgan bellashuv gollarga boy bo‘ldi va yakunda 3:1 hisobida mezbonlarning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Roma”ga g‘alaba keltirgan gollarni Janluka Manchini (20'), Genrix Mxitaryan (22') va Borxa Mayoral (29') kiritdi. “Verona”ning yagona goliga esa Ebrima Kolli (62') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!