"Roma" "Shaxtyor"ga hech qanday imkon qoldirmadi (video)
UEFA Evropa ligasining 1/8 final dastlabki uchrashuvi doirasida “Roma” o‘z maydonida “Shaxtyor”ni qabul qildi.
Rimdagi bellashuv maydon egalarining to‘liq ustunligida kechdi va bu yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi. Lorentso Pellegrini (23'), Stefan El-Shaaravi (73') va Janluka Manchini (77') tomonidan kiritilgan gollar “Roma”ning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasini ta’minladi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar