
Shomurodov qaerda bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi! Eldorning 5 daqiqalik o‘yini qanday baholandi?
Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Roma” 2024 yildagi oxirgi uchrashuvini Milandagi mashhur “Juzeppe Meatstsa” stadionida kuchli raqib – “Milan”ga qarshi o‘tkazdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda poytaxtliklar mezbonlardan bir ochko tortib oldi. O‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. “Roma” bosh murabbiyi Klaudio Raneri Eldor Shomurodovni 86-daqiqada maydonga tushirdi.
Italiya futbolini yoritib kelayotgan siamolaroma.it sayti ekspertlari ushbu bellashuvda “Roma” futbolchilari o‘yinini quyidagicha baholadi.
Mile SVILAR 6,5:
Ikkinchi bo‘limda darvozabonning ikki-uchta vaziyatdagi ishonchli o‘yini “Roma”ga durang natijani ushlab qolish imkonini berdi.
Janluka MANChINI 5,5:
Tajribali himoyachi raqib futbolchilaridan Alexandro Ximenes va Teo Ernandesga etarli darajala qarshilik ko‘rsata olmadi. Ikkinchi bo‘limda ham o‘yinga ta’siri o‘zgargani yo‘q.
Mats XUMMELЬS 6:
Nemis himoyachisi jismoniy tayyorgarligi maromida bo‘lmagani uchun raqib hujumchisi Alvaro Morataga qarshi o‘ynashda ko‘pincha vaziyatlarda kech qoldi. Dastlabki daqiqalarda ogohlantirish olgani uchun Raneri uni tanaffusda almashtirib yubordi.
Evan NDIKA 6,5:
Birinchi bo‘limda Chukvuezega qarshi o‘ynashda qiynalgan Evan ikkinchi bo‘limda himoya markazida ustunlikni o‘z qo‘liga oldi.
Aleksis SALEMAKERS 7:
“Milan” himoyasiga doimiy bosim o‘tkazib turdi. Alexandro Ximenes va Teo Ernandes unga qarshi o‘ynashdi qiynaldi. U tashkil etgan qarshi hujumchilar “Milan” uchun xavf tug‘dirdi.
Manu KONE 6,5:
Raqib o‘yinchisi Yussuf Fofanaga qarshi turgan Manu 4-daqiqadayoq ogohlantirish oldi. Birinchi bo‘limni yuqori darajada o‘tkazdi. Sariq kartochka olgani uchun Raneri uni ham tanaffusda alishtirib yubordi.
Leandro PAREDES 6:
Paredes har doimgidek “Roma”ning qarshi hujumchilarini maydon markazidan boshqarib turdi. Lekin shunga qaramay, juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi.
Nikolo Pizilli 5,5:
Maydon bo‘ylab juda ko‘p yugurdi, o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi. Lekin hujum chizig‘ida va himoyadan hujumga o‘tishda juda ko‘p xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ydi.
ANJELINO 5:
O‘yinida ham, to‘p uzatishida ham sifat etishmadi. Jamoa hujumini boshlab vazifasini uddalay olmadi. Ishonchni oqlagani yo‘q.
Paulo DIBALA 7,5:
Jamoaning eng mashhur futbolchisi jamoadoshi Artyom Dovbikning pasini raqib darvozasiga joylab hisobni tenglashtirdi. Haqiqiy etakchi ekanini ko‘rsatdi.
Artyom Dovbik 6,5:
Dibalaga golli pas bergan Dovbikning yana bir zarbasi darvoza ustunidan qaytdi. Ikkinchi bo‘limda bir necha urinishlari samara bermadi.
Lorentso Pellegrini 5:
Ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushgan Pellegrini basga qo‘shilib ketishi qiyin kechdi. Ayniqsa, 89-daqiqadagi xatosi jamoani bir ochkodan ham ayirishi mumkin edi.
Zeki ChELIK 6,5:
Ikkinchi bo‘limdan o‘yinga qo‘shilgan turk futbolchisi raqobatga dosh bera olishini ko‘rsatdi. Uzue va aniq paslari bilan esda qoldi.
Eldor ShOMURODOV 6:
Kam o‘ynayotgan o‘zbek hujumchisi so‘nggi daqiqalarda maydonga tushdi va qanday katta tezlikka ega ekanini namoyish qildi. Eldor kam bu gal ham uning joyi maydonda ekanini ko‘rsatib qo‘yishga harakat qildi. Uning bosh bilan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaydi.
Stefan EL-ShAARAVI 6:
Salemakers o‘rniga maydonga tushib, yigirma daqiqa to‘p tepgan tajribali o‘yinchining xavfli zarbasini raqib posboni Mayk Menyan qaytarib qoldi.
Klaudio RANЬERI 6,5:
“Roma” uchrashuvning boshida “Milan”ning jiddiy qarshiligiga duch keldi. Raneri taktik o‘zgarishlar qilib, vaziyatni o‘nglab oldi. O‘yinchi almashtirish bo‘yicha mahoratini ko‘rsatdi.
“Tottenxem”ga Husanovning yordami kerak!
Gvardiolaning Husanovga munosabati haqida yozishdi
“Nyukasl”ning Husanov bo‘yicha rejasi ayon bo‘ldi
Yaxshiboev supergol bilan nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi (video)
Fikrlar